“Mening mahallam – mening sudyam”
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanb “Imom-Buxoriy” mahalla fuqarolar yigʻinida “Mening mahallam – mening sudyam” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanb “Imom-Buxoriy” mahalla fuqarolar yigʻinida “Mening mahallam – mening sudyam” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda mahalla faollari, yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi M.Aripov hamda tuman maʼmuriy sudining raisi R.Kenjayevlarga tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar oʻzlarini qiynab kelayotgan muammolar hamda ularni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.
Davra suhbati jarayonida tumanda jinoiy va maʼmuriy sudlar tomonidan joriy yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar, maʼmuriy huquqbuzarlik va jinoyatchilikning ahvoli, sudlarda koʻrilgan hamda hal etilgan barcha turdagi ishlar boʻyicha tushunchalar berib oʻtildi. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha profilaktik-targʻibotlarning roli, ularni yana-da kuchaytirish boʻyicha ishlarning borishi toʻgʻrisidagi masala muhokama etildi.
Davra suhbati davomida mahalla fuqarolaridan tushgan mulkiy yoʻsindagi masalalar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, firibgarlik jinoyatini oldini olish, nikohni bekor qilish, FXDYO organlarining ish faoliyati, pandemiya davrida ishsiz qolgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha tushgan savollarga tushuntirishlar berib oʻtildi.
Tadbir ishtirokchilariga hozirgi kunda sud sohasida olib borilayotgan yangiliklar, qabul qilinayotgan qonunlar toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtildi. Yangi qabul qilingan qonunlarning ijrosi borasida ishtirokchilarning savollariga javob berildi.