Mening armiyam – mening faxrim
Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 30 yilligi munosabati bilan “Mening armiyam – mening faxrim” nomli tadbir o‘tkazildi. Unda harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda xizmat-jangovar avtomashinalari hamda xizmatda foydalanilayotgan qurol-aslahalarni vazifasi, funksiyasi, yaratilish tarixi haqida yoshlarga batafsil tushuncha berildi.
Shuningdek, Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat hamda sadoqat, yurtga daxldorlik kabi tuyg‘ularni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA