Melik Kaylan: Ko‘hna va boqiy Buxoro bugun yanada go‘zal
Amerikaning “Forbes” jurnali muxbiri Melik Kaylan, jurnalist, siyosiy arbob, Nyu-York shahar kengashi deputati Ari Kagan, jurnalist Isaakson Endi Samuel, amerikalik yozuvchi va jurnalist, “Bukharian Times” gazetasi bosh muharriri Rafael Nektalov Buxoroda mehmon bo‘ldi. Ular ikki kunlik tashrif davomida Buxoro shahrining diqqatga sazovor joylari, yahudiylar sinagogasi hamda qabristonini ziyorat qildi.
– O‘tgan asr hamda yillar davomida sayqal topgan ko‘hna va boqiy Buxoro bugun yanada go‘zallashgan, – deydi Amerikaning “Forbes” jurnali muxbiri Melik Kaylan. – Uning tarixiy obidalari meni maftun etdi. Bu yerdagi insonlarning mehri, samimiyati havasimni orttirdi. Yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar a’lo darajada.


“Bukharian Times” – Amerikadagi Buxoro yahudiylari tomonidan tashkil etilgan gazeta. “Forbes” jurnali muxbiri Melik Kaylan 2020 yil oktyabr oyida O‘zbekistonga qilgan tashrifidan so‘ng mazkur gazetada “O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘lining markazi sifatidagi tarixiy roliga qaytmoqda” sarlavhasi ostida maqola chop etgan.
Zarif Komilov,
O‘zA