Meksika zilziladan jabr ko‘rgan Venesuelaga yordam berdi
Meksika hukumati kuchli zilzila oqibatini bartaraf etishdan qiynalayotgan Venesuela xalqiga ko‘mak sifatida ikki yirik yuk kemasida insonparvarlik yordami jo‘natdi.
Bu haqda Meksika Tashqi ishlar va Harbiy-dengiz kuchlari vazirliklari qo‘shma bayonot bergan. Ma’lum qilinishicha, Prezident Klaudiya Sheynbaumning bevosita ko‘rsatmasiga binoan, “Isla Holbox” va “Huasteco” nomli logistika kemalari qariyb 2003 kub/metr hajmdagi zarur mahsulot bilan yo‘lga chiqqan. Yuk tarkibida ichiladigan suv, shaxsiy gigiyena vositalari va dori-darmon bor. Shuningdek, tabiiy ofat hududida aholini toza suv bilan ta’minlash maqsadida soatiga 1000 litr suvni tozalash quvvatiga ega to‘rt maxsus uskuna va xizmat ko‘rsatuvchi texnik xodim ham jo‘natilgan.
Kemalar manzilga 6 kunda yetib boradi. Eslatib o‘tamiz, hafta boshida Meksika tomoni Venesuelaga 8 elektr generatori ortilgan maxsus samolyot ham uchirgan edi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA