Mehr-muruvvat – eng kuchli immunitet
Urgut tumanidagi Chagʻizmon mahallasida yashovchi tadbirkor Ahror Hotamov esa ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan 40 oilaga 2 tonna un va 200 litr paxta moyini ehson sifatida tarqatdi.
Odamlarga mehr-oqibat koʻrsatish, bir ogʻiz shirin soʻz bilan boʻlsa-da dalda boʻlish, ularni hushyorlikka chaqirish bugun har qachongidan ham muhim. Ana shunday damda masʼullar bilan birga muruvvatli kishilar, tadbirkorlar ham ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar holidan xabar olib ularga oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy vositalar tarqatmoqda.
Samarqand shahar hokimligi va shahardagi “East oil” masʼuliyati cheklangan jamiyati ayni chogʻda karantin maskanlarida xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlarining oila aʼzolari hamda kam taʼminlangan oilalarga 11 ming litr oʻsimlik yogʻi va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ulashdi.
Urgut tumanidagi Chagʻizmon mahallasida yashovchi tadbirkor Ahror Hotamov esa ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan 40 oilaga 2 tonna un va 200 litr paxta moyini ehson sifatida tarqatdi.
Samarqand davlat tibbiyot instituti jamoasi shu kunlarda “Mehrli qoʻllar” aksiyasini oʻtkazib, Samarqand shahrida istiqomat qiladigan 70 nafar kam taʼminlangan oilalar va yakka-yolgʻiz kishilar holidan xabar olib, ularga antiseptik vositalar va yuz niqoblari taqdim etdi. Shuningdek, bu fuqarolarning uylari dezinfeksiya qilinib, yuqumli kasallikning oldini olish va undan himoyalanish qoidalari tushuntirildi.