Mehnat migrantlari pasportlari olib berildi
Rossiya Federatsiyasining Samara shahrida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar migratsion ro‘yxatlarini cho‘zish maqsadida “o‘rtakash” xizmatidan foydalangan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va “o‘rtakash” Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan. Natijada bir guruh O‘zbekiston fuqarolari pasportlari Samara shahridagi ichki ishlar boshqarmasida ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Fuqarolar hujjatlarini ololmagandan so‘ng Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilgan.
24 iyun kuni 4 nafar fuqaroga Samara shahridagi ichki ishlar boshqarmasidan pasportlari olib berildi va Rossiya Federatsiyasida yaqinda belgilangan hujjatlarni qonuniylashtirish qonunchiligi bo‘yicha tushuncha berildi.