Maxmayorov Jasur Bozorovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Mahalliy xomashyo manbalari asosida rux sulfat olish texnologiyasini yaratish” mavzusida
Maxmayorov Jasur Bozorovichning “Mahalliy xomashyo manbalari asosida rux sulfat olish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi 02.00.13 - «Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi» ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD, texnika fanlari) ilmiy darajasini olish uchun tavsiya etilgan dissertatsiya ishining himoyasi O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 5-may kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100170, Toshkent sh., M.Ulug‘bek ko‘chasi, 77a.
Tel.: (71)-262-56-60; faks: (71)262-79-90.
Ye-mail: ionxanruz@mail.ru