Mavsum yumushlari qizg‘in
Surxondaryo viloyati pillakorlari joriy yilda 1 ming 550 tonna qimmatbaho xomashyo yetishtirishni maqsad qilgan.
Surxondaryo viloyati pillakorlari joriy yilda 1 ming 550 tonna qimmatbaho xomashyo yetishtirishni maqsad qilgan.Denov tumani “Vodiy” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Anorxol aya Sobirova har yili pilladan sifatli va barakali hosil ko‘taradi. Ayni kunlarda ipak qurti parvarishiga qizg‘in kirishgan Anorxol ayaning aytishicha, pillakorlar uchun yaratib berilayotgan sharoit va qulayliklar ushbu ishga bo‘lgan rag‘batni, qiziqishni oshirmoqda.