Matonatli inson xalq ichida aziz va ehtiromli bo‘ladi
Har bir davrning bashariyat oldiga qo‘yadigan sinovlari bo‘lishi muqarrar. Bu ijtimoiy ofat sifatidagi urushlar, jangu jadallar yoxud tabiiy ofat sifatidagi suv toshqini-yu, zilzilalardir. Xalqimiz har ikkalasining ham shohidi bo‘lgan. U aql kuchi, qat’iy iroda, sabot va matonat bilan bunday sinov dovonlaridan oshib o‘tishga muvaffaq bo‘lishgan.
Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati va kasaba qo‘mitasi faqat Xotira va qadrlash kunidagina emas, balki bugun safimizda cog‘-salomat hayot kechirayotgan urush qatnashchilarini, nuroniy otaxonlarimizni, barcha-barchasini tez-tez yo‘qlab turishadi.
«Gidrotexnika qurilishi» fakulteti jamoasi Mirzo Ulug‘bek tumani «Nur» mahallasida istiqomat qiluvchi front ortida xizmat qilgan faxriylar A.M.Karasyova, A.I.Marakayev, N.N.Mirtalipova, M.N.Rizayeva, N.I.Slavina, R.Shakirov, Ye.A.Bober va S.P.Vasilenkolarning xonadonlariga tashrif buyurib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 76 yilligi bilan tabriklashgani va ularga institut rektori nomidan sovg‘alar topshirilishi buning yaqqol misolidir.

Xuddi shuningdek,Rashid Hakimov rahbarligidagi fakultet jamoasining «Shahrisabz» mahallasida istiqomat qilayotgan g‘alabaga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan, front ortida xizmat qilgan bir guruh mehnat faxriylari G‘ulom Ahmedov , Aleksandra Kulikova, Muzas Solihboyeva , Halil G‘ulomov hamda Olga Dobrinina, 97 yoshli mehnat faxriysi Yekaterina Shevchenkoning holidan xabar olib, sovg‘a-salomlar topshirishdi.
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Choriyev, «Gidromelioratsiya» fakulteti dekani A.Fathulloyev boshchiligidagi jamoa «Lashkarbegi» mahallasida istiqomat qilayotgan sobiq general-mayor Abdullajon Ortiqboyev xonadonlari tashrif buyurdi.
Har birimizning qalbimizdan sizib chiqqan ushbu misralar tilimizda pichirlagandek go‘yo.
Otalar qoldirgan yurtdir muqaddas,
Tuprog‘ini o‘par mardlar har nafas!
Ajdodlar sha’niga qilaylik ta’zim,
Avlodlar bizlarga qilsinlar havas!
Qirqdan ziyod orden va medallar ko‘ksini bezab turgan fidoyi vatanparvar Abdullajon Ortiqboyev oiladagi sakkiz farzandning to‘ng‘ichi bo‘lgan, ikkinchi jahon urushi boshlanganida o‘n olti yoshga to‘lmagan o‘spirin yigit edi.
1943 yilning fevralida harbiy xizmatga chaqirilgan yigit frontga yuborish uchun qisqa tayyorgarlik jarayonida komissiya a’zolari nazariga tushadi. Undagi bilim, g‘ayrat va shijoat, teran tafakkur, dunyoqarashining kengligi, epchil hamda chapdastligi harbiy bilim yurtiga qabul qilinishiga imkon tug‘dirdi.

Hozirgi Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtiga qabul qilinadi va qisqa muddatda uni tugatgach urushga harbiy xizmatga jo‘nab ketadi. U dastavval, Ukrainaga ikkinchi frontga yo‘l oladi.
bugungi kunda o‘zi xizmat qilgan tizim ofitserlari ham kelib ulardan maslahatlar olishadi.
Jasoratga esh bo‘lgan umr, matonatga yo‘g‘rilgan faoliyat insonning xalq ichida aziz va ehtiromli bo‘lishiga mezon ekanligiga yana bir karra iqror bo‘ldik.
Rahimboy Jumaniyozov,
TIQXMMI matbuot xizmati rahbari