Mast haydovchi inspektorning o‘limiga sababchi bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX otryadi uchinchi safarbar guruhi inspektori, safdor Daniyar Qairboyev o‘z xizmat vazifasini bajarish paytida halok bo‘ldi.
Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
2021 yil 21 mart kuni Mo‘ynoq tumani hududidagi 4R-173 avtomobil yo‘lining 91-93 kilometri oraligida o‘z xizmat vazifasini bajarish vaqtida UAZ-3303 rusumli avtotransport vositasini to‘xtatish vaqtida uni mast holda boshqarib kelayotgan haydovchi inspektorni urib yubordi.
Yo‘l transport hodisasi oqibatda tan jarohatini olgan inspektor shifoxonada o‘ziga kelmasdan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zA