Maskatda Özbekiston madaniyati kunlarining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi
Ömon Sultonligi poytaxti Maskat şahrida Özbekiston madaniyati kunlariga rasman start berildi.
Madaniyat vazirligi axborot xizmati maʼlumotiga köra, «Al Mouj» majmuasida ötkazilgan tantanali marosimda Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Ömon Sultonligi Madaniyat, sport va yoşlar vaziri Sayyid Saud bin Hilol bin Hamad Al Busaidiy iştirok etdi.

Taʼkidlaş joizki, boy tarixiy meros, qadimiy anʼanalar va öziga xos madaniyatga ega Özbekiston hamda Ömon örtasidagi madaniy aloqalar ikki xalqni yanada yaqinlaştirişda muhim örin tutadi.

Madaniyat kunlari doirasida taşkil etilayotgan konsert dasturlari orqali ömonlik sanʼat ixlosmandlari özbek xalqining boy madaniy merosi, milliy musiqa sanʼati va anʼanalari bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega bölmoqda.

Tadbirning oçiliş marosimi özbek sanʼat ustalari iştirokidagi tantanali gala-konsert bilan davom etdi. Unda milliy maqom va folklor namunalari, dilbar kuy-qöşiqlar hamda milliy raqslar namoyiş etildi.
Konsert davomida yangragan milliy ohanglar va sahnadagi rang-barang çiqişlar ömonlik tomoşabinlarga özbek sanʼatining öziga xos jozibasi va boy ijro anʼanalarini his etiş imkonini berdi.
Mazkur madaniy tadbir ikki mamlakat örtasidagi döstlik va ijodiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş, xalqlarimizning bir-biriga bölgan qiziqişi va hurmatini oşirişga xizmat qiladi.
N.Usmonova,
ÖzA