Mask trillioner maqomini yo‘qotdi
“SpaceX” aksiyasi arzonlashishi ortidan sof boyligi 957 milliard dollarga tushgan Ilon Mask trillioner maqomidan mahrum bo‘ldi. Kompaniya qiymati pasayib, so‘nggi haftalarda sezilarli yo‘qotish kuzatildi. Turli reytinglar milliarderning boyligini har xil baholamoqda.
Bu voqea amerikalik tadbirkor tarixda ilk trillioner sifatida qayd etilganidan 12 kun o‘tib yuz berdi. “Bloomberg Billionaires Index” ma’lumotiga ko‘ra, aktiv pasayishiga asosiy sabab kompaniya aksiyasi to‘rt kunlik savdo davomida 3,9 foiz qiymatini yo‘qotgani bo‘ldi. Oqibatda korxonaning bozor qiymati rekord darajadagi IPO kuzatilgandan keyin ilk bor 2 trillion dollardan pastga – 1,99 trillion dollarga tushdi. Vaholanki, iyun oyidagi IPO jarayonida “SpaceX” 85 milliard dollar mablag‘ jalb qilib, qiymatini 2,9 trillion dollardan oshirgan va “Microsoft” hamda “Amazon” kabi gigantlarni ortda qoldirgan edi. So‘nggi haftalarda esa kompaniya salkam 550 milliard dollar yo‘qotdi. Diqqatga sazovor jihati, “Forbes” reytingi baholash uslubidagi farq tufayli Maskning boyligini hanuz 1,1 trillion dollar atrofida ko‘rsatilyapti.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA