Marokashning yangi hukumat tarkibida ayollar soni ortdi
Yetti nafar ayol Marokashning yangi hukumati tarkibiga kiritildi, deyiladi “Maghreb Arabe Presse” xabarida.
Iqtisod va moliya, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya, birdamlik, ijtimoiy integratsiya va oila, barqaror taraqqiyot, turizm, shaharni rejalashtirish va uy-joy qurilishi vazirliklariga ayollar rahbarlik qiladi.
Shuningdek, hukumat qoshidagi vazir-delegat lavozimini ham ayol kishi egallaydi va u raqamli texnologiyaga o‘tish va ma’muriy islohotlarga mas’ul bo‘ladi. Tashqi va ichki ishlar vaziri hamda milliy xavfsizlik bo‘yicha vazir-delegat o‘z lavozimida qolgan.
Hukumatda jami 24 vazir mavjud.
Eslatib o‘tamiz, bir oy avval, 8 sentyabrda Marokashda bo‘lib o‘tgan parlamentga saylovlarda “Mustaqil vakillarning milliy uyushmasi” liberal partiyasi g‘olib bo‘lgandi.