Marokashlik muxlislar Niderlandiya ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng ushbu mamlakatda tartibsizliklar keltirib chiqardi
Pley-off bosqichi doirasidagi Niderlandiya — Marokash uchrashuvi afrikaliklarning gʻalabasi (1:1, penaltilar boʻyicha — 3:2) bilan yakunlangach, Amsterdam, Rotterdam va boshqa yirik shaharlar koʻchalari gʻalabani nishonlayotgan marokashlik muxlislar bilan toʻldi.
Marokash milliy terma jamoasining JCh-2026 ning 1/8 finaliga yoʻllanma olgani Niderlandiya shaharlarida ommaviy tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab boʻldi. Bu haqda “NL Times” nashri xabar tarqatdi.
Pley-off bosqichi doirasidagi Niderlandiya — Marokash uchrashuvi afrikaliklarning gʻalabasi (1:1, penaltilar boʻyicha — 3:2) bilan yakunlangach, Amsterdam, Rotterdam va boshqa yirik shaharlar koʻchalari gʻalabani nishonlayotgan marokashlik muxlislar bilan toʻldi.
Biroq bayram quvonchi tezda tartibsizlikka aylanib ketdi. Gaaga shahrida tongga yaqin yigʻilgan olomon hududni nazorat qilayotgan huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarata pirotexnika vositalari va toshlar ota boshlagan. Bunga javoban politsiya boʻlinmalari suv purkagichlardan foydalangan holda olomonni tarqatishga majbur boʻldi. Kamida bir kishi hibsga olingani aytilmoqda. Shuningdek, Amersfort shahrida ham shunga oʻxshash tartibsizliklar qayd etilgan.