Markaziy saylov komissiyasi majlisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida 2016-yil 1-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida 2016-yil 1-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zolari, siyosiy partiyalar vakillari, xalqaro kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Majlisda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, saylov okruglari va uchastkalarida xavfsizlikni ta’minlash, saylov komissiyalarining saylov kuni ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralar vakillarining axborotlari tinglandi.
5-Navoiy va 10-Toshkent viloyati okruglari saylov komissiyalari raislari saylovga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Yig‘ilishda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar kuzatuvchilari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqildi.
Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.