Mariya Timofeyeva “China Open — 2026” turnirini g‘alaba bilan boshladi
Xitoyning Pekin shahrida ayollar o‘rtasida WTA 1000 turkumiga kiruvchi “China Open — 2026” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda. Unda mamlakatimizning eng kuchli uch nafar tennischisi Kamilla Rahimova, Mariya Timofeyeva hamda Polina Kudermetova ishtirok etmoqda.
Nufuzli musobaqaning yakkalik bahslarida tennischilarimiz orasida Mariya Timofeyeva chexiyalik Darya Vidmanovaga qarshi kortga chiqdi va har ikkala setda bir xil - 6:3 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa, Mariya ikkinchi davrada yaponiyalik Naomi Osaka bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Kamilla Rahimova ilk davrada ispaniyalik Marina Bassols Riberaga qarshi kortga chiqsa, Polina Kudermetova mirslik Mayar Sherif bilan birinchi bosqichda to‘qnashadi.
Ma’lumot uchun, “China Open — 2026” turnirining umumiy mukofot jamg‘armasi 9 million 415 ming 725 AQSH dollarini tashkil etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA