"Ma’rifat ulashib" – she’riyatga oshno yoshlar (+video)
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetiga va unga biriktirilgan maktablarga tashrif uyushtirildi.
Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarining she’riy ijod namunalaridan mehmonlarga o‘qib berishdi. Adib Norqobil Jalilov esa Yangiyo‘l shahridagi 10-maktabga tashrif buyurdi. Har ikki adib o‘zlarining ijod mahsulidan yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi. O‘quvchilar, mahalla faollari, maktab o‘qituvchilari ishtirok etgan ushbu ma’rifiy uchrashuv yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
“Ma’rifat ulashib” loyihasidagi tadbirlarning so‘nggisi Yozuvchilar uyushmasi a’zolarining universitet talabalar turar joyiga tashrifi bilan yakunlandi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/68bsAkUFAzk" title="Ma‘rifat ulashib" – she‘riyatga oshno yoshlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV
Doniyor YAKUBOV, Anvarxo‘ja AHMEDOV (video), O‘zA