Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni
Navoiy shahridagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni Qurolli Kuchlar safiga kuzatish munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Navoiy shahridagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni Qurolli Kuchlar safiga kuzatish munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar,chaqiriluvchilarning ota-onalari qatnashdi.
–Bugun 191 nafar yigitni Toshkent, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridagi harbiy qismlarga jo‘natyapmiz, – deydi Navoiy viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi chaqiruv bo‘limi boshlig‘i B.Ergashev. – Joriy yil viloyat bo‘yicha qariyb 1000 nafar o‘g‘lon harbiy xizmatga yo‘l oladi.
Tadbirda bo‘lajak askarlarga mutasaddi tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.


