Maqsad zamonaviy shifokorlarni tarbiyalash...
Samarqand davlat tibbiyot institutida «Shifokor shaxsini rivoji va shakllanishini pedagogik va psixolingvistik xususiyatlari» navbatdagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Maqsad avvalo mavjud imkoniyatlardan to‘laqonli foydalangan holda zamonaviy shifokorlarni tarbiyalashdir.
Xalqaro forumda Rossiya, Indoneziya va O‘zbekistonning bir qator oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-amaliy markazlari vakillaridan iborat 180 nafar tibbiyotning turli yo‘nalishidagi mutaxassislar, olimlar va fan doktorlari bevosita ishtirok etdilar.
Shifokor shaxsini rivoji va shakllanishini pedagogik va psixolingvistik xususiyatlari» Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini SamDTI rektori, professor Jasur Rizayev ochib berdi.
Indoneziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Sunaryo Kartadinata, Ijevsk davlat tibbiyot akademiyami rektori A. Ye. Shklyayevlar bilan onlayn video muloqot tashkil qilindi.
Konferensiyada ma’ruzalar tinglagandan so‘ng tadbirni asosiy ishi «Gumanistik va sotsial pedagogika», «Lingvo-psixologik pedagogika, pedagogik psixologiya», «Differensiya psixologiya, psixofiziologiya» sho‘’balarida muhokamalar davomi bo‘ldi.
Mazkur onlayn uchrashuvda mavzuning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan 40 ortiq ma’ruzalar eshitilib, «Shifokor shaxsiyatining rivoji va shakllanishini pedagogik va psixolingvistik xususiyatlari» bilan bog‘liq qilingan ishlar tahlil qilindi.
O‘zA