Maqsad – aholi bandiligini ta’minlash
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida aholi bandligini ta’minlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari hajmini ko‘paytirish uchun bug‘doydan bo‘shagan yerlardan unumli foydalanilmoqda.
Prezidentimiz raisligida joriy yilning 8 iyun kuni qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari hajmini ko‘paytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mazkur masalalar yuzasidan ham zarur topshiriqlar berilgan edi.
Mirzaobod tumani hokimi Jonibek Yariyev boshchiligida barcha sektor rahbarlari tomonidan o‘z sektorlaridagi aholi bandligini ta’minlash maqsadida – g‘alladan bo‘shagan maydonlar shudgor qilinib, band bo‘lmagan “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga takroriy ekin ekish maqsadida ehtiyojlariga qarab 50 sotixgacha bo‘lib berilayapti.

Jumladan tumandagi Yo‘ldoshobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 88 nafar ishsizga bug‘doydan bo‘shab, shudgor qilingan 44 gektar yer maydoni ajratib berildi.
Shundan, "Ayollar daftari"da turuvchi ikki nafar ayolga "Yoshlar daftari" ro‘yxatida turuvchilardan esa 72 nafariga, belgilangan tartibga ko‘ra 50 sotixdan yer vaqtincha foydalanish uchun ajratilib, sertifikatlari topshirildi.
A.Qayumov, F.Toshmatov (surat), O‘zA