Manzil yaqin bo‘lsa, mashaqqat oz bo‘lar
Jizzax viloyatida yo‘llarda qulaylik va xavfsizlikni ta’minlash, haydovchilar va piyodalar harakatini tartibga solish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda Jizzax shahrida Islom Karimov shoh ko‘chasidan M-39 “Toshkent — Termiz” avtomagistral yo‘liga chiqish uchun yangi yo‘nalishda to‘rt kilometrli avtomobil yo‘li va 700 pogometrli yo‘l o‘tkazgich qurilishi jadal davom etmoqda. Buning uchun davlat byudjetidan 143 milliard 900 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
[gallery-19819]
Mazkur ob’ektda qurilish ishlari davomida 383 dona mevali daraxtni boshqa joyga ko‘chirish tadbiri ham ko‘rilmoqda.
Yuz tonna yukka moslashtirib qurilayotgan yo‘l o‘tkazgich 2025 yilning 4-choragida yakuniga yetkazilishi rejalashtirilgan. Bu loyiha amalga oshgach, viloyat markazidan Sharof Rashidov tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massiviga boriladigan yo‘l salkam 15 kilometrga qisqaradi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Xtwmeu2_7Cg?si=1FgYGiEcv_nyWrjs" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jamshid YORBEKOV(surat,video),O‘zA