Manuel Noyer Germaniya terma jamoasiga qaytadi
Noyer so‘nggi bor nemislar safida o‘tgan yilning avgust oyida o‘ynagan va shundan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.
Manuel Noyer Germaniya terma jamoasiga qaytdi
Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasiga qaytadigan bo‘ldi.
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman 40 yoshli darvozabonni jamoaga qaytarishga qaror qilgan. U bo‘lajak jahon chempionatida "bundestim"ning asosiy darvozaboni bo‘ladi. Murabbiy posbonning o‘zi bilan muzokaralar olib borgan va uni terma jamoaga qaytishga ko‘ndirgan. Noyer so‘nggi bor nemislar safida o‘tgan yilning avgust oyida o‘ynagan va shundan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Kyurasao, Kot-D’Ivuar va Ekvador terma jamoalari bilan kuch sinashadi.