"Manchester Siti" JCH–2026ning eng yaxshi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Rodri 2019-yildan buyon “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda.
“Manchester Siti” yarim himoyachi Rodri bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
30 yoshli ispaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. Shunga qaramay, uning klubdagi kelajagi hozircha noaniq bo‘lib turibdi.
Avvalroq Rodri Madridning "Real" klubiga o‘tish imkoniyatini rad etishi qiyin bo‘lishini tan olgandi. Biroq manbaga ko‘ra, madridliklar hozirda futbolchini transfer qilish variantini ko‘rib chiqmayapti.
Shu fonda "Manchester Siti" rahbariyati Rodriga yangi shartnoma taklif qilgan. Kelishuvning muddati va moliyaviy shartlari hozircha oshkor qilinmagan.
Rodri 2019-yildan buyon “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. Ingliz klubi uni "Atletiko"dan 70 million yevro evaziga sotib olgan edi.