Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlar sarhisobi
Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati, uning tuman, shahar tuzilmalari tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va joriy yildagi muhim vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda, kadrlar bilan ta’minlash, xodimlarning siyosiy, jismoniy, jangovar tayyorgarligi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

– Bu borada erishgan yutuqlarimiz qatorida kamchiliklarimiz ham bor, – deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Jonibek Davronov. – Maqsadimiz kamchiliklarni bartaraf etish, tizimdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishdir. Xodimlarimiz ana shu maqsad, qolaversa, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish yo‘lida astoydil ish olib boradi.

Yig‘ilishda xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘qitish tizimini takomillashtirish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat va qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyat hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining roziligiga erishish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida mazkur yo‘nalishdagi muhim vazifalarni izchil va tizimli amalga oshirish yuzasidan mas’ullar hamda xodimlarga zarur ko‘rsatma, tavsiyalar berildi.
F. Ubaydullayev, O‘zA muxbiri