Ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi (+video)
Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy “Kitobxon onalar” kuni doirasida “18 noyabr - O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun”ning 33 yilligi munosabati bilan “Mag‘rur xilpirayver, yurtim bayrog‘i” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Respublikamizning barcha hududlaridan onlayn Zoom platformasi orqali ulanib, kuzatish imkoniga ega bo‘lishdi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zolari, Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi a’zolari so‘zga chiqishdi, shuningdek Milliy gvardiya xodimlarining chiqishlari ishtirokchilarda alohida qiziqish uyg‘otdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qVYA-hNpNn8" title="Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA