«Ma’naviy ko‘makka muhtoj ayol»lar doimiy nazoratda
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim hamda uning joylardagi mutasaddi xodimlari tomonidan qamalib chiqqan, ichki ishlar ro‘yxatida turadigan xotin-qizlar bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda.
Buxoro shahar Imom Buxoriy mahallasida yashovchi, oilali, 2 nafar farzandi bor, 1975 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi MJtK 241-moddasi bilan javobgarlikka tortilgan va hozirda Buxoro shahar IIOFMBda «Ma’naviy ko‘makka muhtoj ayol» sifatida ro‘yxatda turuvchi fuqaro V.Z. ismli ayol bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida bu fuqaro qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir qilmasligi to‘g‘risida ogohlantirildi. Muammolari o‘rganilib, bandiligini ta’minlash orqali «Ayollar daftari» dan chiqarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shaharning Havzi Lesak ko‘chasida yashovchi, oilali, 2 nafar farzandi bor, 1957 yilda tug‘ilgan, nafaqaxo‘r, O‘zbekiston Respublikasi MJtK 241-moddasi bilan javobgarlikka tortilgan va hozirda Ichki ishlar organlarida xuddi shunday ro‘yxatda turuvchi fuqaro F.A. bilan ham profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida erta tug‘ruq va uning salbiy oqibatlari, reproduktiv salomatlik tartibi va tibbiyot xodimlari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya va poraxo‘rlik holatlari bo‘yicha fikr almashildi. Kelgusida bunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida hamkorlikdagi qo‘shma reja ishlab chiqishga kelishib olindi.
Bunday tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘tkazilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA