Ma’muriy reglament tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Professional mediatorlar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, Professional mediatorlar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi va ushbu reglament 2024 yil 1 yanvardan amal qila boshlashi belgilandi.
Professional mediatorlar reyestriga kiritish tartib-taomillari davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
2024 yil 1 yanvarga qadar xizmat ko‘rsatish davlat xizmatlari markazlari va YAIDXP orqali yo‘lga qo‘yiladi va har bir bosqichida jarayonni to‘liq kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.
Vazirlar mahkamasining ushbu qarori davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish, shuningdek, davlat xizmatlaridan foydalanish qulayligini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zA