Mamlakatimiz Yaponiyaga qora olxöri yetkazib beruvçi eng yirik beşta mamlakatdan biri sanaladi
Özbekiston Yaponiyaga qora olxöri yetkazib beruvçi eng yirik beşta mamlakat hamda mayiz eksport qiluvçi yetakçi önta davlat qatoridan joy oldi.
Hamkorlikni yanada kengaytiriş maqsadida mamlakatimizning Yaponiyadagi elçixonasi vakillari Osaka şahrida «Kurosimo inc.» kompaniyasi rahbari bilan uçraşdi.
Mazkur kompaniya Özbekistonda yetiştirilgan qora mayiz, bodom va yonğoqni import qilib, qayta işlaydi hamda «Gift from Silk Road» brendi ostida Yaponiya bozoriga çiqaradi. Uşbu mahsulotlar mamlakatning yirik savdo tarmoqlaridan biri – «Kintetsu Department Store» dökonlarida sotilmoqda va xaridorlarda katta qiziqiş uyğotmoqda.

Kunçiqar davlatda oziq-ovqat mahsulotlari uçun 5 ta muhim talab mavjud bölib, Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasining yuqoridagi xuşxabari milliy mahsulotlarimiz ana şu talablarga javob berganidan darak.
Batafsil töxtaladigan bölsak, Yaponiyada «Positive List System» tizimiga muvofiq, pestitsid qoldiqlari har bir mahsulot va modda böyiça belgilangan meʼyorlardan oşmasligi lozim. Şuningdek, laboratoriya nazorati, fitosanitariya talablari, qadoqlaş va markirovkalaşga oid talablar, importni rasmiylaştiriş tartibi bor.
M.Qosimova,
ÖzA