Mamedov Normuxammad Mardanovichning qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“G‘o‘zada sifatli urug‘lik yetishtirishda bioyekologik omillarning ta’sirini ilmiy asoslash” mavzusida
Mamedov Normuxammad Mardanovichning 06.01.05-Seleksiya va urug‘chilik ixtisosligi bo‘yicha “G‘o‘zada sifatli urug‘lik yetishtirishda bioyekologik omillarning ta’sirini ilmiy asoslash” mavzusidagi qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.08/2025.27.12.Qx.01.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 23-oktabr, soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 111218, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar shaharchasi, Universitet ko‘chasi, 1, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
Tel.; faks: (99878) 150-61-37
e-mail: paxtauz@mail.ru