Mamadaliyev Ulug‘bek Shuxratovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Qo‘zg‘aluvchan qismining faol yuzasi o‘zgaruvchan bo‘lgan burchak siljishlarini o‘lchovchi transformator o‘zgartirgichlar” mavzusida
Mamadaliyev Ulug‘bek Shuxratovichning 05.01.06 – “Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha “Qo‘zg‘aluvchan qismining faol yuzasi o‘zgaruvchan bo‘lgan burchak siljishlarini o‘lchovchi transformator o‘zgartirgichlar” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 15/31.12.2020.I.09.04 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 12 mart kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100060, Toshkent shahri, Adilxo‘jayev ko‘chasi, 1-uy. Toshkent davlat transport universiteti asosiy binosi.
Tel.: +998 71 299-00-01
e-mail: rektorat@tstu.uz