Malayziya Xitoyning talabini eʼtiborsiz qoldirdi
Malayziya politsiyasi oʻtgan yili Tailanddagi qamoqdan qochib Malayziya chegaralarini buzib oʻtgan 11 nafar uygʻur millatiga mansub kishilarni qamoqqa olgan edi.
Malayziya politsiyasi oʻtgan yili Tailanddagi qamoqdan qochib Malayziya chegaralarini buzib oʻtgan 11 nafar uygʻur millatiga mansub kishilarni qamoqqa olgan edi. Xitoy hukumatining ushbu uygʻurlarni Pekinga qaytarish borasidagi talabiga qaramay, Malayziya ularni ozodlikka chiqardi.Ularning advokati Fahmi Moinning aytishicha, prokuratura ushbu guruhga qarshi immigratsiya ayblovlarini kamaytirgan va ular seshanba kuni Kuala-Lumpurdan Turkiyaga uchib kelishgan.
Shu yilning fevral oyida Reuters agentligi Xitoy Malayziyaga uygʻurlarni deport qilish uchun katta bosim oʻtkazgan, deya xabar qildi.
Koʻplab Gʻarb davlatlari Malayziyani uygʻurlarni Xitoyga joʻnatmaslikka chaqirishdi. Chunki Xitoy ularni Xinjang viloyatida Xitoyning Xan urugʻiga nisbatan sodir etilgan jinoyatlarda ayblagan edi.
Bu qaror Malayziya va Xitoy oʻrtasidagi aloqalarga salbiy tasir koʻrsatishi mumkin. Shuningdek, Maxatxir Mohamad may oyida bosh vazirlik lavozimiga qaytganidan keyin, Xitoy kompaniyalari tomonidan ajratilgan 20 milliard dollardan ziyod loyihalarni bekor qildi.