Maktablarda yangicha tashabbus: “Orzuim” loyihasi
Mazkur loyiha doirasida maktab o‘quvchilari ishtirokida viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari, nufuzli tashkilotlar va hunarmandchilik markazlariga sayohatlar uyushtiriladi.
Sayohat davomida o‘quvchilar tarixiy obidalar, qadamjolar va me’moriy yodgorliklar bilan ham tanishishadi.
– Buxoro shahridagi 4-IDUM o‘quvchilari “Orzuim” loyihasining ilk ishtirokchilari bo‘ldi, – deydi viloyat hokimining ta’lim-tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafoyeva. – Sayohatchilar “Buxoro cotton textile cluster” korxonasi faoliyati bilan tanishishdi. Mutaxassislar yo‘lboshchiligida jarayonlarni bevosita kuzatishdi.
Taassurotlarga boy bo‘lgan zavqli sayohat “Labi Hovuz” majmuasida tashkil etilgan madaniy kecha bilan yakunlandi.
Zarif Komilov, O‘zA