Maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish sifati aniqlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyatida Prezident sovrini uchun tashkil etilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tanlov ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yanada oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
[gallery-29167]
Viloyat bosqichida hududdagi eng ilg‘or maktab jamoalaridan saralangan 95 nafar ishtirokchi (har bir jamoada 5 nafardan) o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etmoqda. Ular innovatsion yondashuvlar, zamonaviy metodikalar va ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan samarali ishlanmalar bilan qatnashayotir.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA