Maktablarda bahorgi ta’til qachondan boshlanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 20 mart – shanba kuni barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qat’iy nazar, dam olish kuni hisoblanadi.
Shu munosabat bilan 2021 yil 20 mart kuni 2020-2021 o‘quv yili bahorgi ta’tilining birinchi kuni hisoblanadi. Xalq ta’limi vazirligiga ko‘ra, bahorgi ta’til 20 martdan 28 martgacha davom etadi. 2021 yil 29 martdan o‘quv yilining 4-choragi boshlanadi.
2021 yil 20 mart kuni yuqori sinflarga belgilangan dars soatlari 4-chorakda tig‘izlashgan holda o‘tkaziladi.
O‘zA