Maktabgacha va maktab ta’limini isloh qilish yo‘lida
FOTOREPORTAJ
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatida bo‘lib, ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar, faxriy ustozlar bilan muloqot o‘tkazdi.
Muloqotda ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan maktabgacha va maktab ta’limini isloh qilish, sohada zamonaviy, samarador pedagogik texnologiyalarni, eng ilg‘or o‘qitish usullarini joriy etish yo‘lida salmoqli natijalar qo‘lga kiritilmoqda.
[gallery-18195]
Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 978 ta ixtisoslashgan va umumta’lim maktabi mavjud bo‘lib, ularda qariyb 57 ming nafar pedagog-o‘qituvchi yosh avlodga ta’lim-tarbiya berib kelayotir. Ular orasida chinakam fidoyi, jonkuyar, izlanuvchan kasb egalarining safi kengligi quvonarlidir.
Tadbirda ana shunday samarali faoliyat yuritayotgan 6 nafar o‘qituvchiga “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda faol o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Muloqot davomida mas’ullarga, ta’lim muassasalari rahbarlariga yangi 2024/2025 o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik ko‘rish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA