Maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻrganildi
Mamlakatimizda davlat tili samardorligini taʼminlash yuzasidan bosqichma-bosqich tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda davlat tili samardorligini taʼminlash yuzasidan bosqichma-bosqich tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mazkur muassasalarning peshlavha yozuvlarining holati va Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga mosligi oʻrganildi.
92-, 93-, 129-, 237- va 329-MMTlarda olib borilgan oʻrganish davomida masʼullarga amaldagi davlat tili haqidagi qonunchilik, uning mazmun-mohiyati va bugungi kun talablaridan kelib chiqib, faoliyat olib borish lozimligi tushuntirildi. Shuningdek, begʻubor va maʼsum qalb egalari boʻlmish bolajonlarga bogʻcha yoshidayoq ona tilimizning maʼno-mohiyatini ularning dunyoqrashiga mos ravishda oʻrgatish zarur ekani hamda bu borada muntazam tushuntirish ishlarini yoʻlga qoʻyish lozimligi taʼkidlandi.
— Oʻzini, ota onasini, oʻrtoqlarini hurmat qilgan bola oʻz ona tilini ham hurmat qilishi kerakligini murgʻak dilbandlarimizga hozirdan turli suratlar, sheʼrlardan naʼmunalar asosida tushuntirish kerak — deydi Toshkent shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Akmal Aʼzamovich. – Keyingi oʻrganishlarda Yashnobod tumani hududi markaziy koʻchalaridagi tashqi reklama, eʼlon, peshlavha, toʻyxona va kafelarning nomlari ham koʻrib chiqiladi.
Yashnobod tuman hokimligi
matbuot xizmati.