Maktabda quyosh energiyasidan foydalaniladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumanidagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida quyosh energiyasidan foydalaniladi.
Bu haqda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati ma’lum qildi.
Tumanda muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan ichki yo‘llarni va ijtimoiy soha ob’ektlarini rekonstruksiya qilish va qayta ta’mirlash, aholining toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida maktab binosi umumiy quvvati 320 kVt bo‘lgan 7 ta quyosh moduli, umumiy quvvati 2,24 kVt bo‘lgan monokristall quyosh paneli va jami hajmi 400 l bo‘lgan suvni isitish uchun 5 ta monokristal quyosh batareyasi bilan jihozlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA