Maktabda harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadida Termiz shahridagi 9-umumta’lim maktabida madaniy-ma’rifiy va sport tadbiri tashkil etildi.
Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda yoshlar musiqa va san’at, rassomchilik, kitobxonlik hamda sport yo‘nalishida egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdi. Badiiy qismda esa o‘quvchilar tomonidan milliy qadriyatlarimizni, Vatanimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari ayniqsa, barchada katta taassurot qoldirdi.
Tadbir doirasida sportning kamondan otish, shaxmat-shashka, stol tennisi hamda arqon tortish turlari bo‘yicha musobaqalar uyushtirildi.
[gallery-16062]
Shuningdek, yoshlar Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmatda foydalanib kelinayotgan maxsus jihozlar, texnikalar bilan yaqindan tanishtirildi. O‘quvchilar harbiylarning sharafli vazifasiga oid qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA