Maktab qo‘shimcha o‘quv binosiga ega bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanidagi 86-umumta’lim maktabida “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida yangi o‘quv binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Loyiha doirasida maktabning 420 o‘rinli asosiy binosi kapital ta’mirlanib, qo‘shimcha ravishda 620 o‘rinli yangi o‘quv korpusi barpo etildi. O‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Tadbir davomida maktabdagi to‘garaklar faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Xususan, tikuvchilik va robototexnika to‘garaklarida o‘quvchilarning ijodiy ishlari, amaliy mashg‘ulotlari hamda kichik loyihalari namoyish etildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur to‘garaklar yoshlarning qo‘l mehnati va texnik bilimlarini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu orqali o‘quvchilarning kelgusida kasb tanlashi va zamonaviy bilimlarni egallashi uchun keng imkoniyat yaratilmoqda.
[gallery-29396]
Maskanda har payshanba “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanib, yoshlarning iqtidori va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Tadbir doirasida hunarmandlar ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi. Unda o‘quvchilar o‘z qo‘l mehnati bilan tayyorlagan mahsulotlarini namoyish qildi. Shuningdek, sport musobaqalari, rasm chizish tanlovlari va palov tayyorlash bellashuvlari tashkil etildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA