Makron G‘azo sektoridagi sulhni “sharmandali tomosha” deb atadi
– Ba’zilar soxta tinchlik bilan maqtanmoqda, ammo bu jarayon gumanitar yo‘lakni bir soniyaga ham ochgani yo‘q, – dedi Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida. – Barchamiz uchun sharmandali mazkur tomoshani sust holatda tomosha qilishimiz kerakmi? Albatta yo‘q.
Shuningdek, u Isroil aholi manzillari qurilishi davom etayotgan G‘arbiy Sohildagi vaziyatga ham e’tibor qaratishga chaqirdi.
– Bu shuni anglatadiki, Falastin xalqining yashashga nisbatan qonuniy huquqini hurmat qilish loyihasini amalga oshirishga har kuni to‘siq yaratilmoqda, – deya ta’kidlagan farang davlati rahbari.
Qolaversa, Makron Parij Isroilning o‘z xavfsizligi uchun sharoit yaratish huquqini tan olishiga ishonch bildirsa-da fikrini quyidagicha yakunladi:
– Isroil xavfsizligi barcha qo‘shnilar suvereniteti buzilishiga bog‘liq, deya da’vo qiladiganlar halokatli xatoga yo‘l qo‘ymoqda, chunki bunday siyosat aslida yahudiy davlatining kelajakdagi xavfsizligiga putur yetkazadi.
S.Rahimov, O‘zA