Makovskaya Liliya Germanovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Oliy ta’lim muassasalari ko‘ptilli muhitida akademik yozuv ko‘nikmalarini baholash (ingliz tili misolida)” mavzusida
Makovskaya Liliya Germanovnaning 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)” ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’lim muassasalari ko‘ptilli muhitida akademik yozuv ko‘nikmalarini baholash (ingliz tili misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 19-sentyabr kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 111720, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104-uy. Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Tel: (99870) 712-27-55;
e-mail: chdpi-kengash@umail.uz