Mahsulot turi, ish o‘rni ko‘payadi
Buxoro shahridagi “Uz-Korea medical” O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasida tibbiyotda ishlatiladigan bir martalik shprislar, sistema va ignalar, turli o‘lchamdagi bolalar tagliklari ishlab chiqarilmoqda.
Buxoro shahridagi “Uz-Korea medical” O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasida tibbiyotda ishlatiladigan bir martalik shprislar, sistema va ignalar, turli o‘lchamdagi bolalar tagliklari ishlab chiqarilmoqda.Ayni paytda bu yerda 45 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan. Korxona rahbari Matluba Mirzayevaning aytishicha, joriy yil oxiriga qadar mahsulot turini yanada ko‘paytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish mo‘ljallanmoqda.