Mahmudova Maftuna Hamza qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Mediasavodxonlik — Internet OAVdagi feyk va dezinformatsiyalardan himoya qilish vositasi sifatida” mavzusida
Mahmudova Maftuna Hamza qizining 10.00.09 — Jurnalistika (filologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Mediasavodxonlik — Internet OAVdagi feyk va dezinformatsiyalardan himoya qilish vositasi sifatida” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengashning 2024-yil 26-aprel kuni soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100138, Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 21A uy.
Tel.: 998 712301291; faks: 998 7123001292;
e-mail: uzswlu_info@mail.ru