Mahliyoning orzusi ro‘yobga chiqdi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, bu sohada e’tirofga loyiq natijalarni qo‘lga kiritib kelayotgan ayollar talaygina. Ular orasida Mahliyo Turdimurotova ham bor.
Termiz tumanidan bo‘lgan bu yosh tadbirkor maktabni tugatgach, hech ikkilanmay biznes yo‘lini tanladi. Dastlabki qadamlardagi qiyinchiliklardan cho‘chimadi, ortga chekinmadi. Shu tariqa bilim va tajribasi o‘sib borgan Mahliyo nihoyat o‘zi niyat qilgan oilaviy korxonani 2021 yilda tashkil etdi.
[gallery-9049]
Bugun Termiz tumanida “AISHA SHUKRONA MALAK” korxonasini bilmagan insonni uchratish qiyin. Qisqa vaqt ichida jamoatchilik nazariga tushgan ushbu korxonada ijtimoiy daftarlarga kiritilgan xotin-qizlar mehnat qiladi. Davlat tashkilotlari uchun maxsus kiyimlar yetkazib berayotgan korxonada ishlab chiqarish hajmini oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA