Mahalliy Kengashlar faoliyatidagi yangi bosqich (+video)
Ma’lumki, joriy yil 27 oktyabr kuni fuqarolarimiz saylovda faol ishtirok etib, o‘z siyosiy huquqidan foydalangan holda, tanlagan nomzodiga hamda siyosiy partiyasiga ovoz berdi.
Bu yilgi mahalliy kengashlarga saylov yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitda va vakolatlar sezilarli darajada kengaytirilgan, kengash deputatlarining o‘rni va roli kuchayib borayotgan muhitda o‘tdi, deyish mumkin.
- Bu yilgi Mahalliy Kengashlarga saylovning o‘ziga xosligi nimalarda namoyon bo‘ldi?
- Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarning siyosiy-huquqiy ahamiyati nimada?
- Mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari yangi saylangan mahalliy kengashlar faoliyatiga qanday ta’sir qiladi?
- Yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosan qonunlarga kiritilgan, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgarishlarning ahamiyati nimada?
Shu kabi savollarga javob olish maqsadida bugun studiyamizga yuridik fanlar doktori, professor Sherzod Zulfiqorovni taklif etdik.
Suhbatni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4shMwGLB_hM" title="Mahalliy Kengashlar faoliyatidagi yangi bosqich" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘tkir Alimov, Yoqubjon Meliboyev (video), O‘zA