Mahalliy elektrotexnika mahsulotlariga içki bozorda talabni rağbatlantiruvçi yangi mexanizmlar joriy etiladi
Özbekiston elektrotexnika korxonalari xorijiy davlat xaridlarida ham iştirok etiş böyiça tajriba töplamoqda. Jumladan, “Nura Electric” korxonasi Kambodjada 2 million dollarlik tenderda ğolib bölgan.
Biroq yirik xalqaro tenderlarda bank kafolatini oliş tartibi tadbirkorlar uçun qiyinçilik tuğdirmoqda. Masalan, 10 million dollarlik kafolat uçun şunga mos garov taʼminoti talab etiladi.
Prezidentimiz işlab çiqariş tajribasi, barqaror aylanmasi va moliyaviy imkoniyati bölgan korxonalarni qöllab-quvvatlaş muhimligini taʼkidladi. Banklarga korxonalarning moliyaviy holatini baholaş asosida kafolat berişning soddalaştirilgan tartibini işlab çiqiş va bir oyda tadbirkorlarga eʼlon qiliş topşirildi.
Mahalliy elektrotexnika mahsulotlariga içki bozorda talabni rağbatlantiruvçi yangi mexanizmlar joriy etiladi.
Hozir energetika sohasidagi xususiy şeriklik loyihalarida mahalliy mahsulotlar uluşi kamida 25 foiz, kabel mahsulotlari böyiça esa 70 foiz bölişi talabi mavjud.
Endilikda alohida soliq va boşqa imtiyozlardan foydalanayotgan yoki davlatdan arzon resurs olgan, qiymati 10 million dollardan yuqori investitsiya loyihalariga ham uşbu talablar tatbiq etiladi.
ÖzA