Mahallalarimiz polyak fotorassomi nigohida
Xalqaro Tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida qator tadbirlar va ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Polsha Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Anton Pesnyaning “O‘zbekiston mahallasiga xush kelibsiz!” fotoko‘rgazmasi ham shular jumlasidan.
2022 yil O‘zbekiston va Polsha Respublikasi o‘rtasida o‘rnatilgan diplomatik munosabatlarning 30 yilligi keng nishonlanashi munosabati bilan Toshkent Fotosuratlar uyida ochilgan ushbu ko‘rgazma fotografiya san’ati muxlislarida o‘ziga xos qiziqish uyg‘otmoqda.
[gallery-6729]
“O‘zbekiston mahallasiga xush kelibsiz!” ko‘rgazmasi Polsha etnografik liboslari va O‘zbekiston me’moriy yodgorliklarining ajib vobastaligi, desak yanglishmaymiz.
O‘zbekiston me’morchiligi, an’analari, Polsha liboslari xalq madaniy hayotining ajralmas qismidir.
Anton Pesnya suratlarida borliqqa aniq va estetik yondashishi, voqeaning emotsional lahzasini tasvirlay olishi, turli qutbli ikki xalqning xarakteri va xususiyatlarini hisobga olishi, odatiy mavzuga g‘oyat ijodiy va betakror tarzda yondoshishi tomoshabinni hayratga soladi.
N.Usmonova, O‘zA