Mahallalarda Navro‘z ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda (+video)
Umrboqiy an’analarni, ko‘p asrlik milliy udumlar va xalqchil qo‘shiqlarni, avlodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan folklorimizni o‘zida mujassam etgan Navro‘z mahalalarga kirib borishi bilan dillarni yashnatib yuboradi.
Qishning qirovli kunlarini ortda qoldirib, bahor sog‘inchi bilan aylanishga chiqqan yunusobodliklar uchun bu yilgi Navro‘z o‘zgacha, ko‘tarinki ruhda kutib olindi. Gap shundaki, bayram arafasida foydalanishga topshirilgan zamonaviy biznes markazi aholi uchun qo‘shaloq bayramga aylandi va bu yerga kiraverishdayoq sizni yuqori harorat kutib oladi.
Yunusobod tuman hokimligi va tuman madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan chor atrofdagi mahallalar aholisi bayramni yaqinda qurib bitqazilgan go‘zal koshonada kutib oldilar.
Bayram dasturini millatlararo do‘stlik va bag‘rikenglikni targ‘ib qiluvchi konsert dasturi boshlab berdi. Darhaqiqat, O‘zbekistonda bugungi kunda 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv, ahillikda uzoq yillardan buyon yonma-yon yashab kelmoqda. Yaxshi kunlarimiz, bayramlarimiz, to‘y-tomoshalarimiz albatta ularning milliy an’analari, raqs va qo‘shiqlari bilan yanada fayzli o‘tadi. E’tiborlisi ular uch tilda ham ashulani maromiga yetkazib ayta olishdi.
Koreys vokal ansanbli Navro‘z tantanalarini boshlab berganida ham ramziy ma’no bor. Zero, O‘zbekiston millatparvar, tinchliksevar mamlakat va jahondagi barcha xalqlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lib kelgan.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/72o1LcD15Yw" title="Mahallalarda Naro‘z ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jajji qizaloqlarning bayramona chiqishlari, rang-barang dasturlari, “Mo‘’jiza” raqs ansabli ijrosidagi milliy raqslar va elimiz suygan san’atkorlarning jonli ijrolari barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.
Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov (video), O‘zA