Mahallada yangi tikuv sexi ish boshladi
Buxoro shahri Yoshlik mahallasidagi 31-umumta’lim maktabining bo‘sh binosida yangi tikuv sexi ish boshladi. Bu yerda 40 nafarga yaqin xotin-qizlar ishga qabul qilin.
Yangi ish o‘rinlariga asosan Yoshlik mahallasida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan 35 nafar xotin-qizlar, xususan ularning ishsiz bo‘lgan 11 nafarining bandligi ta’minlandi.



Endilikda bu yerda nafaqat Yoshlik mahallasida yashovchi balki unga yaqin bo‘lgan boshqa mahallalarning xotin-qizlari ham ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.



Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan ushbu tikuvchilik ishlab chiqarish kooperativi ishchilariga Buxoro shahar Sanoatchilar ko‘chasida faoliyat yuritib kelayotgan “Kamalak Shabnam Tekstil” korxonasi asosiy buyurtmachi bo‘ldi. E’tiborlisi, bugungi kunda ushbu korxona mahsulotlariga ichki bozorda talab tobora ortyapti.
Zarif Komilov, O‘zA