Mahallada aholi bandligini ta’minlanmoqda
Fotoreportaj
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi Imom Buxoriy mahalla fuqarolar yig‘inida 4 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Hududda aholi bandligini ta’minlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mahalla ahlining asosiy qismi Buxoro neftni qayta ishlash zavodida faoliyat olib boradi. Hududda tashkil etilgan Janubiy Koreya texnologiyalari asosidagi issiqxonalarda esa 300 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ga olish orqali ularga zarur ko‘mak berilmoqda. Ishsiz yoshlarning 42 nafari 3-sektor vakillari bilan hamkorlikda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.
[gallery-5475]
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 2 nafar yoshga “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘i hisobidan motokultivator berildi. “Ayollar daftari”da bo‘lgan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi 5 nafar ayolga “Ayollar jamg‘armasi” hisobidan, 2 nafar qizga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘idan tikuv mashinalari berilib, ular o‘z xonadonida daromad qilishi uchun imkoniyat yaratildi. Bundan tashqari, 16 nafar ayolga tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun bank kreditlari ajratilib, tikuv mashinalari olib berildi. Bir nafar ayolga esa 30 million kredit asosida go‘zallik saloni ochishida ko‘mak berildi. Ishsizlik ro‘yxatiga bo‘lgan Gulshod Islomova esa 230 million kredit hisobidan “Gulshod shoh mebel fayz” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Tohir ISTATOV,O‘zA